
Talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ'ib qilish, kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirishni maqsad qilgan "Kitobxon talaba" loyihasi davom etmoqda. Bu galgi loyiha yuzasidan Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyi 204 guruh raxbari ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Moʻminova Ch mumtoz adabiyot vakillari Navoiy va Bobur gʻazallari yuzasidan targʻibot materiallari oʻtkazdi. Oʻquvchilarimiz buyuk allomalarning gʻazal va ruboiylarini mehr bilan ijro etishdi.