Bugun Andijon Mashinasozlik Instituti Akademik Litseyida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2023-yil 31-maydagi 81-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, jamiyatda yoshlarning ekologiyaga oid huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, yoshlarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy huquq tizimiga hurmat munosabatini shakllantirish, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillariga nisbatan huquqiy immunitetini shakllantirish, qonun buzilishi holatlariga murosasizlik hissini uyg'otish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, Atrof muhitni muhofaza qilish va Iqlim oʻzgarishi vaziri, tashkiliy qoʻmita raisining 2024-yilning 27-dekabr kunidagi qarori Oliy Ta’lim fan va Innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rin bosarining 27.12.2024 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yigilishining 54son bayoni bilan viloyatimizda faoliyat yuritayotgan Akademik Litseylar oʻrtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” Respublika koʻrik tanlovining shaxar bosqichi boʻlib oʻtdi.Bunda barcha Akademik litsey ishtirokchilari ishtirok etdilar.4bosqich asosida oʻtkazilgan bu tanlovda ekologik bilimlar, ekologik muammolar va ularning yechimlari ekologik taqdimotlar va oʻquvchilar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha ishlari taqdim etildi.

        Eng quvonarlisi Akademik Litseyimizning “Yaxshil makon “ komandasi hakamlar hay’ati tomonidan eng yuqori oʻrin ,faxrli 1-oʻrinni egallab keyingi bosqichga yoʻllanma oldi