
Bugun 30-yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan Andijon mashinasozlik akademik litseyidagi barcha guruhlarda maʼnaiyat daqiqalari o‘tkazildi. Mustaqillikkacha bo‘lgan davr va o‘sha davr qiyinchiliklari to‘g‘risida o‘quvchilarga maʼlumot berildi. Shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida " Birinchi Prezidentni xotirlab... " mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda I. Karimov- mustaqilligimiz asoschisi ekanligi, bu yo‘lda chekilgan zahmatlar, mustaqillikning osongina qo‘lga kiritilmagani xususida fikrlar bildirildi. Bizning vazifamiz mana shu mustaqillikning qadriga yetish, jonajon Vatanimiz O‘zbekistonni asrab-avaylashimiz, uning ravnaqiga munosib hissa qo‘shishimiz kerakligi uqtirildi. O‘tkazilgan tadbir barcha o‘quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi