
Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida 2025-yilning 1-may kuni o‘tkazilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tashrif buyrishdi. Mutaxassislik fanlari bo‘yicha ochiq darslar tashkil qilindi.Litseyimizda yaratilgan shart sharoitlar o‘quv xonalari yaqindan tanishtirildi. Asaka va Shaxrixon tuman maktablari faol ishtirok etishdi.
Tadbirda Andijon davlat texnika instituti professor o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi.
Аndijon davlat texnika instituti akademik litseyida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ № 4910-sonli qarori hamda Vazirlar Maxkamasining 2024 yil 5- iyundagi 320- sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatimizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni oʼtkazilib, tashrif buyurgan oʼquvchilarga akademik litseyda oʼquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, taʼlim yoʼnalishlari, zamonaviy yangi texnologiyalari bilan jixozlangan oʼquv va boshqa xonalar bilan yaqindan tanishtirildi va 2025-2026 oʼquv yili uchun qabul jarayonlari toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berildi.