
Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida kitobxonlik kechasi tashkil etildi. Ushbu tadbirda akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar. Adabiyot kechasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi va shoir, publitsist Asadulloh ( Asadullo Mirzaakbarov) mehmon bo‘ldilar.
Tadbir davomida Andijon farzandi Asadullohning ijod yo‘li, bosib o‘tgan manzillari, adabiyotshunoslikka qo‘shgan hissasi to‘g‘risida videolavhalar namoyish etildi. O‘quvchilar shoir sheʼrlaridan namunalar ijro etdilar. Shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tadbir so‘ngida Asadulloh Mirzaakbarovga so‘z berildi. U o‘quvchilarga o‘z ijodidan sheʼrlar o‘qib berish bilan birga yangi ijod namunalari asosida nashr etilgan "Umidbaxsh tuyg‘ular" nomli sheʼriy to‘plami haqida qisqacha maʼlumot berib o‘tdi. Qiziqarli o‘tgan uchrashuvdan ustozlar ham, o‘quvchilar ham maʼnaviy ozuqaoldilar.