
Inson qadri ulug‘lanayotgan go‘zal yurtimizda 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbirlar boshlanmoqda.
Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida ham shu ulug‘ kun arafasida turli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, akademik litseyda uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan ustozlarni eʼzozlash va ularga ehtirom ko‘rsatish maqsadida " Inson aziz, xotira muqaddas " shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Xorijiy tillar kafedrasi faxriy o‘qituvchisi Mavludaxon Botirova tashrif buyurib, akademik litsey o‘quvchilariga hayotiy o‘gitlar berib o‘tdi. O‘z faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.Bunday tadbirlarni o‘tkazish yosh avlod tarbiyasida muhim rol o‘ynaydi.