
Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida bugun " Oq yoʻl sizga, bitiruvchi !" nomli ma'naviy marifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda mahalla faollari, institut vakillar va ota- onalar ishtirok etishdi.
Tadbirda muddatidan avval talabalikka qabul qilingan 28 nafar bitiruvchi oʻquvchilarga, oltin va kumush medal sovrindorlariga yilning eng faol oʻquvchilariga litsey maʼmuriyati tomonidan tashakkur nomalar berildi.
Ayniqsa, bitiruvchilarning ustoz va Vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlari yigʻilganlarga zavq bagʻishladi.
Soʻnggi qoʻngʻiroq sadolari ostida bitiruvchilar qasamiyodi tinglandi.
Oq yoʻl, sizga aziz bitiruvchilar!!!