2025-yil 9-iyun kuni Andijon davlat texnika instituti  akademik litseyida  “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida matematika va ingliz tili fanlaridan  o‘quvchilar uchun fan to‘garaklari tashkil etildi.
 Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – o‘quvchilarning ushbu fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish iboratdir. To‘garak mashg‘ulotlari malakali fan o‘qituvchilari tomonidan olib borildi. Dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik yondashuvlar va interaktiv uslublar qo‘llanildi, bu esa o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minladi hamda ularning bilim darajasini oshirishga xizmat qildi.

Akademik litsey iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.