
Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida joriy yilning 14- iyun kuni "Bilib qoʼyki,seni Vatan kutadi!" nomli maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tantananing ochilish marosimini akademik litseyi direktori A.Abdulazizov kirish so'zi bilan ochib berib,yoshlarga ezgu tilaklar bildirar ekan, ularning bilim va salohiyati yurt taraqqiyotiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Akademik litsey Qora tut MFY vakillari va Andijon davlat instituti oʼqituvchilari va o'quvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdilar.
Ma'lumot o'rnida, 2024/2025 ʼ-o'quv yilida akademik litseyni 191 nafar bitiruvchi tamomladi. Eng quvonarlisi, mazkur bitiruvchilar orasidan 1 nafari oltin, 2 nafari kumush, 41 nafari imtiyozli diplom, 43 nafari milliy va xalqaro sertifikatlar sohibi, shuningdek 31 nafar bitiruvchilar esa allaqachon muddatidan avval talabalikka qabul qilingan yoshlar hisoblanadi.