
Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu jumladan, kutubxonada “Men sevgan kitob” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Mazkur tadbirda o‘quvchilar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida so‘z yuritib, bir-birlari bilan fikr almashdilar. Ular turli adiblarning asarlaridan olgan taassurotlarini bayon qilib, kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida o‘z qarashlarini bildirdilar.Tadbir davomida kutubxonachilar tomonidan tavsiya etilgan badiiy va ilmiy kitoblar bilan tanishtirildi hamda o‘quvchilarga muntazam kitob o‘qishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.Shuningdek, akademik litseyi Axborot Kutudxona Markazi o‘quvchilarning sevimli maskaniga aylangan bo‘lib, ular bo‘sh vaqtlarida muntazam kelib, o‘zlari yoqtirgan kitoblarni mutolaa qilmoqda
.