
Milliy libos -millat qiyofasi, inson koʻrki, milliy iftixor ifodasi. Atlas va adras kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam.
Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida oʻzbek milliy liboslariga mehr uygotish va ommalashtirish , zamonaviy kiyinishda ozbekona meyorlarni targʻib qilish ,kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida bugun milliy tadbirlar oʻtkazildi.
Oʻquvchi yoshlarimiz va mahalla yoshlari tadbirda faol ishtirok etib ,tashkil etilgan fan toʻgaraklarida milliylik va zamonaviylik uygunligini kreativ tarzda namoyon etishdi.