
Talabalar kino kunlari doirasida “Hamid Olimjon — Ona yurt kuychisi” kinofilmi namoyishi!
Joriy yilning 16-iyul haftaning CHORSHANBA kuni Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida talaba-yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Hamid Olimjon — Ona yurt kuychisi” kinofilmi namoyish etildi. Film orqali talabalarda Vatanga sadoqat, o‘zaro mehr-oqibat, yuksak mas’uliyat, bag‘rikenglik, sog‘lom dunyoqarash, shukronalik hamda Vatan taraqqiyotiga dahldorlik tuyg‘ularini rivojlantirish maqsad qilindi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar film mazmuni va undagi chuqur hayotiy ma’naviy g‘oyalar bilan yaqindan tanishib, ulardan ibrat oldilar.