VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN,XALQ UCHUN!!

Bugun 2025 yil 3-sentyabr Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida katta bayram ya’ni yangi 2025-2026 o‘quv yilining boshlanishi 1-qo‘ng‘iroq va Bilimlar kuni hamda Kelajak soatlarining boshlanishi. Ushbu tadbirni akademik litsey direktori Abdumajid Abdukarimovich kirish so‘zi bilan ochib, barcha o‘quvchilarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, barcha o‘quvchilarni yuksak bilim, ta’lim -tarbiya va yuqori cho‘qqilarni egallaB Oliy ta’lim muassasalariga qizg‘in tayyorgarlikda muvaffaqiyatlar tiladi. Tadbirda Andijon shaxar Qoratut MFy raisi Baxromjon Matkarimov va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.Tojiboyevalar xam ishtirok etib, Ustozlarni va o‘quvchilarni Bilimlar kuni bilan tabriklashdi. O‘quvchilarning bayramona chiqishlari Ota-Onalarda va tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.