Andijon davlat texnika instituti akademik litseyi kutubxonasida  “Til – millat g‘ururi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda  talabalari faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida kutubxonadagi shart sharoitlar mavjud adabiyotlar, bilan tanishib, ona tilimizning bebaho qadriyati, xalqimiz tarixi va ma’naviyatidagi o‘rni, shuningdek, kitobxonlikning inson tafakkurini boyitishdagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Talabalar o‘zlarining kitoblardan o‘qigan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, tilimizga bo‘lgan ehtiromni ifodalashdi. Tadbir yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ona tilimizni asrab-avaylash va undan faxrlanishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.