Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida “Ta’zim sizga, aziz ustozim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi ustoz va murabbiylarga bo‘lgan hurmat-ehtiromni yuksaltirish, yoshlarda ustoz-shogird an’analarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda ta’lim-tarbiya sohasida fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan pedagoglarni e’zozlashdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, faol va fidoyi ustozlar taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.