1-oktyabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni"
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 23-sentyabrdagi 371-sonli buyrug‘iga asosan Andijon davlat texnika instituti akademik litsey "Ingliz tili” fani o‘qituvchisi Xayitova A’loxon “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida Institut rektorining faxriy yorliqlari bilan Andijon davlat texnika instituti hamda institut qoshidagi akademik litseyning bir guruh ustoz va murabbiylari taqdirlandilar. Ustozlarni bunday sharafli mukofotlar bilan chin dildan tabriklaymiz!