Bugun And DTI akademik litseyida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan " Ona tili- millat ko‘zgusi " deb nomlangan adabiy- badiiy kecha tashkil etildi. Ushbu badiiylashtirilgan tadbirda akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar. Ona tilini ulug‘lovchi sheʼr va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari o‘quvchilar tomonidan ijro etilib, kuy va raqslarga ulanib ketdi. Tadbir so‘nggida YIBDO‘ Gulbahor Ahmedova so‘z olib, o‘zbek tilining mavqeyi, shu kungacha bosib o‘tilgan yo‘li haqida batafsil maʼlumotlar berib o‘tdi. Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi yoshlar maʼnaviy dunyosini boyitishga yordam beradi.