Bugun Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida milliy qadriyatlar, go‘zallik va o‘zligimizni tarannum etuvchi “Milliy libos — millat faxri” shiori ostida juma kuni nishonlandi. Har bir o‘quvchi va ustoz o‘zining milliy libosida, faxr va iftixor bilan litsey hayotiga o‘zgacha ruh, iliqlik va chiroy baxsh etdi. O‘zbek milliy liboslari — bu nafaqat kiyim, balki tariximiz, madaniyatimiz va xalqimizning nozik didini ifoda etuvchi bebaho merosdir. Bunday tadbirlar yoshlarimiz qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik va o‘zligiga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi. Chunki milliy libosni kiygan inson — o‘z xalqining tarixi, madaniyati va qadriyatlariga sadoqatini namoyon etadi. Keling, milliyligimizni e’zozlaylik, liboslarimiz orqali xalqimizning boy madaniyatini dunyoga ko‘rsataylik!