Andijon davlat texnika instituti akademik litseyi o‘quvchilari “Barkamol avlod” sport musobaqalarining shaxmat yo‘nalishida faol ishtirok etishdi.  O‘quvchilarimiz mantiqiy fikrlash, diqqat va strategik yondashuv ko‘nikmalarini namoyon etib, o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.  Musobaqa davomida yosh shaxmatchilar o‘rtasida qizg‘in bahslar kechdi va eng kuchlilar aniqlanib, keyingi bosqichga yo‘llanma olishdi.  Barcha ishtirokchilarga kelgusidagi bosqichlarda ham muvaffaqiyat tilaymiz!