“Yashil makon” aksiyasi davom etmoqda! Andijon davlat texnika instituti akademik litseyi jamoasi bugun ekologik muhitni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida “Yashil makon” umumxalq daraxt ekish aksiyasida faol ishtirok etdi. Talabalar va o‘qituvchilar birgalikda ko‘chatlar ekib, atrof-muhitni yanada ko‘rkam va sog‘lom qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.