Jamoasi “Barkamol avlod” sport musobaqalarining shahar bosqichida faol ishtirok etib, yuqori mahorat va jamoaviy ruhni namoyon etdi hamda faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba litsey o‘quvchilari va murabbiylarining puxta tayyorgarligi, sportga bo‘lgan sadoqati hamda jipslikda olib borilgan mehnatlarining yorqin samarasidir. Musobaqa davomida litsey jamoasi o‘zining kuchli irodasi, qat’iyati va yuksak sport madaniyati bilan ajralib turdi. Ularning g‘alabasi nafaqat litsey, balki butun Andijon yoshlarining g‘ururiga aylandi.