Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida ekologiyani asrash va tabiatga mehr ruhini yoshlar orasida keng targ‘ib etish maqsadida “Yangi daraxt – yangi nafas” nomli ekochempionat boshlandi.  Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan ko‘chat ekish, yashil hududlarni kengaytirish va atrofni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Har bir ekilgan daraxt — bu kelajakka hissa, toza havoga qo‘shilgan yangi nafasdir.  Litsey jamoasi ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etib, “Yashil makon” g‘oyasini hayotga tatbiq etmoqda.  Tabiatni asrash — barchamizning burchimiz!