Bugun Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida o‘quvchilarimiz bilan birgalikda haftaning ikkinchi kunini ko‘tarinki ruhda qarshi oldik. Tonggi yig‘ilishda o‘quvchilarga yangi haftani faol, sermazmun va ijobiy kayfiyatda o‘tkazish bo‘yicha tilaklar bildirildi.  Tadbir davomida o‘quv intizomi, odob-axloq madaniyati, ilmga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish haqida so‘z bordi.  Shuningdek, matematika fanidan yutuqlarga erishgan va sertifikat olgan o‘quvchilarimiz tantanali ravishda taqdirlandi. Bu lahzalar nafaqat g‘oliblarimiz uchun, balki barcha o‘quvchilar uchun ham katta motivatsiya bo‘ldi. Bunday samimiy uchrashuvlar o‘quvchilarimizni yanada ilhomlantirib, ularning o‘z ustida ishlash, intilish va jamoaviylik tuyg‘usini mustahkamlaydi.  Yaxshi kayfiyat bilan boshlangan kun — muvaffaqiyatli natijalarga eltuvchi eng muhim qadamdir! Birgalikda o‘qiylik, o‘rganaylik va rivojlanaylik!