Akademik litsey o‘quvchisi Valijonova Mubinabonu “Barkamol avlod” sport musobaqalarining DZDYUDO turi bo‘yicha o‘zining yuqori mahorati va irodasi bilan ajralib turib, faxrli natijalarni qo‘lga kiritdi. U shahar va viloyat bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, endilikda respublika bosqichiga yo‘l oldi. Bu yutuq — nafaqat Mubinabonuning, balki butun akademik litsey jamoasining faxridir. O‘quvchimizning tinimsiz mehnati, sportga bo‘lgan qiziqishi va qat’iyati uning bu bosqichga yetib kelishida asosiy omil bo‘ldi. Akademik litsey ma’muriyati, o‘qituvchilar jamoasi hamda sinfdoshlari Mubinabonu Valijonovani ushbu yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi. Biz o‘quvchimizdan faxrlanamiz! Unga respublika bosqichida ham g‘alaba, yorqin ishtirok va O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarish yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz!