HAMKORLIK MUSTAHKAMLANDI  Andijon davlat texnika instituti hamda Andijon davlat texnika instituti akademik litseyi o‘rtasida hamkorlik dasturlari imzolandi.  Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv jarayonlariga kirib o‘rganildi, tajriba almashildi va amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatildi.  Shuningdek, Andijon davlat texnika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari akademik litsey o‘quvchilari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazib, bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.  Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, kasbga yo‘naltirish va ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  Hamkorlik davom etadi!