Ranglarda — Bobur jilosi” Devoriy gazetalar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosini targ‘ib etish maqsadida “Ranglarda — Bobur jilosi” nomli devoriy gazetalar ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.  Tanlovda o‘quvchilar o‘z ijodkorligi, badiiy didi va tarixiy bilimlarini namoyon etib, Bobur siymosi va ijodini ranglar orqali yorqin aks ettirdilar.  Devoriy gazetalar mazmunan boy, dizayn jihatdan jozibali va g‘oyaviy yondashuv asosida baholandi.  Tanlov yakunida faol ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.  Ushbu tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini oshirish, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.  Ijod, tarix va ranglar uyg‘unligi — Bobur jilosi!