Andijon davlat texnika instituti akademik litseyi Adabiyot kechasi Bugun And DTI akademik litseyida sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan " Olis yulduz shuʼla taratar " deb nomlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Ushbu tadbirda akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etib, shoir siymosiga ehtirom ko‘rsatildi. Alisher Navoiy ruboiy va g‘azallari ijro etilib, o‘quvchilar eʼtiboriga havola etildi. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarimiz davom etmoqda.