Andijon davlat texnika instituti akademik litseyi Adabiyot kechasi Bugun And DTI akademik litseyida ulug‘ siymolar —sheʼriyat mulkining sultoni Mir Nizomiddin Alisher Navoiy hamda buyuk sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan "Bir asrning ikki dahosi" deb nomlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston XDP Andijon shahar kengashi raisi, deputat Jalolov Malik Kimsanbayevich hamda akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirni akademik litsey MIBDO‘ Gulbahor Ahmedova o‘z kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng o‘quvchilar Navoiy va Bobur ijod mahsulidan g‘azal, ruboiylar o‘qib, ular ijodiga ehtirom sifatida kuy va raqslar ijro etdilar. Zahiriddin Bobur va Alisher Navoiy siymosini yaratgan o‘quvchilar barchaning olqishiga sazovor bo‘ldilar. Akademik litseyning 103-AF hamda 104-AF guruhi o‘quvchilari o‘tkazilgan ushbu tadbirda o‘z iqtidorlarini namoyish etib, yig‘ilganlar ko‘nglidan joy oldilar.