“Siz ekologiya qonunlarini bilasizmi?” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi!   Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida o‘tkazilgan “Siz ekologiya qonunlarini bilasizmi?” nomli ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.  Mazkur tanlovda viloyatimizning turli ta’lim muassasalaridan jami 13 nafar jamoa ishtirok etib, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi borasidagi bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.  Tanlov jarayonlari qiziqarli savol-javoblar, innovatsion taqdimotlar hamda jamoaviy chiqishlarga boy bo‘ldi. Har bir jamoa ekologik madaniyatni oshirish, tabiatni asrash va qonunlarni bilish bo‘yicha o‘z bilimlarini ko‘rsatdi.  Faxr bilan aytish joizki, Andijon davlat texnika instituti akademik litseyi jamoasi ushbu nufuzli tanlovda faxriy II o‘rinni egallab, yuqori natijaga erishdi!   Bu yutuq – jamoaning bilimga chanqoqligi, ustozlarning mehnati va ekologiyaga bo‘lgan yuksak e’tiborining yorqin ifodasidir