“Yoshlar kuni” – Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlar erta tongdan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar masalasi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida siyosiy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga belgilangan imtiyoz va imkoniyatlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!