Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida mutaxassislar va ustozlar tomonidan giyohvandlikning inson salomatligi, ong va kelajakka ta’siri haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli illatlardan yiroq bo‘lish va mustahkam hayotiy pozitsiyani shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, taqdimotlar va fikr-mulohazalar tadbirni yanada mazmunli va ta’sirchan o‘tishiga xizmat qildi. Mazkur tadbir yoshlarni turli zararli odatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.