Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan mazmunli tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida “Uch birlik uchrashuvi” o‘tkazilib, unda mahalla, OTM hamda akademik litsey vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish hamda yoshlar bilan ishlashdagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda Andijon davlat texnika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Suxrobjon Aliyev, shuningdek Qoratur MFY yoshlar yetakchilari Mirzayev A. va Abdurashidev I. ham ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordilar. Ular tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim olish va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish yo‘lida berilayotgan imkoniyatlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ishlashda mahalla – ta’lim muassasasi – jamiyat hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.