“Ayol – jamiyat tayanchi, millat fahri” Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida “Ayol – jamiyat tayanchi, millat fahri” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi jamiyatda ayollarning o‘rni va nufuzini yanada ulug‘lash, ularning mehnati va fidoyiligini e’tirof etish hamda yoshlar qalbida ayollarga nisbatan hurmat tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida akademik litsey o‘quvchilari tomonidan turli badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va she’rlar namoyish etildi. Ushbu chiqishlar ayollarning jamiyat va oiladagi muhim o‘rni, ularning mehr-muhabbati va fidoyiligini aks ettirdi. Mazkur tadbir matematika kafedrasi o‘qituvchilari Abduhalilova Zuhra, Xodjayeva Dilnoza hamda Sodiqova Gulzoda tomonidan tayyorlandi va tashkil etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, unda ayollarga bo‘lgan hurmat-ehtirom, ularning jamiyat rivojidagi beqiyos hissasi alohida ta’kidlab o‘tildi.