"Yoshlar kuni" munosabati bilan Rektor va yoshlar uchrashuvi Bugun, 12-mart kuni Andijon davlat texnika instituti Akademik litseyida Andijon davlat texnika instituti rektori Umidjon Turdialiev akademik litsey o‘quvchi-yoshlari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda akademik litseyning 2-bosqich bitiruvchi 167 nafar o‘quvchisi ishtirok etdi. Suhbat davomida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifati, zamonaviy bilim olish, xorijiy tillarni o‘rganish hamda fan olimpiadalari va intellektual tanlovlardagi yutuqlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, institut rektoridan kerakli tavsiya va javoblar oldilar. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlarning taklif va g‘oyalari ham tinglandi.