9-aprel kuni “Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish” shiori ostida “Yoshlar kuni” tadbirlari boshlandi.
Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida mazkur tadbirlar doirasida rahbarlar, pedagoglar va o‘quvchilar ishtirokida vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.Jumladan, ishtirokchilar tomonidan “Bahodir Yalangto‘sh” kinofilmi birgalikda tomosha qilindi. Film namoyishidan so‘ng psixolog hamda tarix fani o‘qituvchilari ishtirokida muhokama tashkil etilib, unda kinoning g‘oyaviy mazmuni, tarixiy аҳамiyati hamda yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi.Mazkur tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, tariximizga hurmat va milliy qahramonlarimizga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga хизмат қилди.