Davlatimiz rahbarining aholi o‘rtasida sportning ommaviyligini ta’minlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha bergan topshiriqlariga asosan Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida «Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostida ommaviy yurish marafoni uyushtirildi.
litsey binosidan start berilgan yurish marafonida rahbar-xodimlari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etdilar.
Marafonda barcha o‘quvchilarning jismoniy faollik ko‘rsatayotgani quvonarli.
Ma’lumki, yurish barcha sport turlari orasida eng osoni va qulayi hisoblanadi. Buning uchun juda ko‘p energiya sarflashning hojati yo‘q, ijobiy ta’siri esa juda yuqori.
Bugun biz yurish marafonini muvaffaqiyatli o‘tkazdik!
Birgalikda yurib, katta natijalarga erishdik!
Yurish marafoni — birlik, sog‘lik va irodaning yorqin namoyishi!
Har bir qadamda sog‘liq, har bir daqiqada motivatsiya!
Biz birga yurib, sog‘lom hayotni tanladik!
Bugungi marafon unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi!