Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi go‘zal tadbir bo‘lib o‘tdi.
Litsey qizlari o‘rtasida “Milliy pazandachiligimiz – o‘zligimiz nishonasi” shiori ostida osh ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat o‘z mahoratlarini, balki milliy an’analarimizga bo‘lgan hurmat va mehrlarini ham namoyon etdilar.
Har bir tayyorlangan oshda mehr, did va milliylik nafasi sezilib turdi. Qizlarimizning pazandachilik borasidagi iste’dodi barchaga manzur bo‘ldi.
Darhaqiqat, bejizga aytilmagan: “Qizi bor uyning — farishtasi bor.”
Ana shunday farishtalarimiz bor ekan, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz yanada ravnaq topaveradi!