Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida birinchi kurslar oʻrtasida “Shunqorlar” harbiy koʻrik tanlovi ommaviy sport tadbirlari yuqori ruh va ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda!Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy chiniqishni oshirish hamda jamoaviylikni mustahkamlash maqsadida sportning 5 ta turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi:🔹 arqon tortish 🔹 yugurish 🔹 granata uloqtirish🔹 turnikda tortilish🔹 safda yurish Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘quvchilar o‘z kuch-g‘ayrati, chaqqonligi va irodasini namoyon etdilar. Ayniqsa, jamoaviy bellashuvlarda birlik va hamjihatlik yaqqol ko‘zga tashlandi.