Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va yangi kelajak yaratamiz!"

Yurtimiz bo‘ylab eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — Mustaqillik shukuhi va yangi o‘quv yilining boshlanishi ko‘tarinki ruhda nishonlanayotgan ushbu fayzli kunlarda Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida ham "Birinchi qo‘ng‘iroq" hamda "Bilimlar kuni"ga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Prezident tabrigi bilan boshlangan shukuhli daqiqalar:

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Unda litsey direktori A.A. Abdulazizov muhtaram Yurtboshimizning mamlakatimiz o‘quvchi-yoshlari, talabalari hamda o‘qituvchi va murabbiylarga yo‘llagan Prezident tabrigini tantanali ravishda o‘qib eshittirdi. Yurtboshimiz tabrigidagi samimiy tilaklar va yoshlarimizga ko‘rsatilayotgan yuksak ishonch barcha ishtirokchilar qalbida cheksiz g‘urur hamda kuch-g‘ayrat bag‘ishladi.