Akademik litseyimizning barcha guruhlarida "Mustaqillik darslari" yuqori saviyada o‘tkazildi!
Yangi o‘quv yilining ilk kunida Andijon davlat texnika instituti akademik litseyining barcha o‘quv guruhlarida "Mustaqillik darslari" tashkil etildi.
Ushbu ilk saboqlar davomida o‘quvchi-yoshlarga istiqlolimizning shonli yo‘li, jonajon O‘zbekistonimizda kechayotgan islohotlar va Yangi O‘zbekistonda yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha tushunchalar berildi.
O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida samimiy muloqot tarzida o‘tgan darslarda yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va shukronalik tuyg‘ularini shakllantirish hamda ularni yangi o‘quv yilida yuksak marralarni zabt etishga ruhlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Vatanparvar, bilimdon va intiluvchan yoshlarimiz — Yangi O‘zbekistonning kelajagi hamda mustahkam poydevoridir