"Giyohvandlik — kelajak kushandasi": Barcha guruhlarda profilaktik seminar-treninglar o‘tkazildi!
Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularning ruhiy salomatligini muhofaza qilish hamda ogohlikni oshirish maqsadida navbatdagi profilaktik tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida litsey psixologi Akbarova Gulshoda tomonidan litseyning barcha o‘quv guruhlarida "Giyohvandlik — kelajak kushandasi" mavzusida interaktiv seminar-treninglar tashkil etildi.
Seminar-treninglar davomida:
Giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson ruhiyati, salomatligi hamda porloq kelajagiga yetkazadigan dahshatli zararlari hayotiy misollar orqali tushuntirildi;
Salbiy ta’sirlarga tushib qolmaslik va ruhiy barqarorlikni saqlash usullari o‘rgatildi;
Yoshlarda har qanday zararli odatlarga qarshi qat’iy "Yo‘q!" deyish ko‘nikmalari shakllantirildi.