"Payshanba — yoshlar kuni" munosabati bilan Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida yoshlarni boy hayotiy tajriba, milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash maqsadida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.
Ushbu ma’rifiy va ta’sirchan uchrashuvga Qoratut MFY ning kayvoniy otaxonlari, mahalla oqsoqoli hamda el ardoqlagan Mahmudjon qori taklif etildilar.
Dildan kechgan suhbat davomida nuroniylarimiz o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, tinchlik va osoyishtalikning qadri, ilmgohdagi har bir daqiqani g'animat bilib, zamonaviy ilmlarni puxta egallash zarurligi haqida yoshlarga qimmatli nasihatlar, hamda, ezgu duolar qildilar.
Oqsoqollar va yoshlar o‘rtasidagi bunday samimiy muloqot o‘quvchilarimiz qalbida kattalarga hurmat, shukronalik va ma’naviy uyg‘unlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.