"Qizi bor uyning farishtasi bor": O‘quvchi-qizlar va ayol-ustozlar uchun ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi!
Akademik litseyimizda o‘quvchi-qizlarning odob-axloqi, kiyinish va muomala madaniyatini oshirish hamda ularda sharqona ibo-hayoni shakllantirish maqsadida "Qizi bor uyning farishtasi bor" nomli ma’rifiy majlis o‘tkazildi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ayol-ustozlarimiz tomonidan qizlarga milliy qadriyatlarimiz, kiyinish madaniyati, orastalik hamda ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha muhim hayotiy maslahatlar berildi.
Odobli, bilimli va orasta qizlarimiz — xonadonlarimiz chirog‘i va millatimiz ko‘rkidir!