Milliy liboslar kuni: Akademik litseyimizda o‘zgacha tarovat va milliylik shukuhi!

Bugun Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida an’anaga aylangan go‘zal qadriyat — "Milliy liboslar kuni" ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Muhtaram ustozlarimiz va latofatli o‘quvchi-qizlarimiz jozibador atlas-u adras liboslarda, yigitlarimiz esa g‘urur bilan milliy do‘ppilarda darslarga tashrif buyurib, ta’lim maskanimizga chinakam o‘zbekona fayz va go‘zallik bag‘ishladilar.
Milliy libos — bu millat ko‘zgusi, tariximiz, ibo-hayomiz va boy madaniyatimiz timsolidir! 
O‘zligimizni ulug‘lovchi milliy qadriyatlarimiz hamisha bardavom bo‘lsin!