Shanba — sport kuni: Akademik litseyimizda futbol bo‘yicha shiddatli bahslar bo‘lib o‘tdi! Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida litseyimizda navbatdagi "Shanba — sport kuni" yuqori ko‘tarinkilikda o‘tdi. Ushbu sport kuni doirasida guruhlar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi. Yashil maydonda kechgan qizg‘in va murosasiz bahslarda yoshlarimiz haqiqiy jamoaviy birdamlik, epchillik va chiroyli to‘p uzatishlar namoyish etdilar. Har bir gol va hujum muxlislarda katta hayajon uyg‘otdi. O‘yinlar yakunida eng faol va g‘olib bo‘lgan jamoalar munosib e’tirof etildi. Sport bilan chiniqqan va intiluvchan yoshlarimiz doimo g‘olibdir!