Akademik litseyimizda navbatdagi "Kelajak soati" darslari bo‘lib o‘tdi!

Andijon davlat texnika instituti akademik litseyining barcha o‘quv guruhlarida yangi haftani ko‘tarinki ruh va yangi maqsadlar bilan boshlash maqsadida an’anaviy "Kelajak soati" darslari tashkil etildi.
Dars mashg‘ulotlari davomida guruh rahbarlari va pedagoglar tomonidan o‘quvchi-yoshlarga:
 Maqsadni to‘g‘ri belgilash va unga erishishda qat’iyatli bo‘lish;
 Zamonaviy bilimlar, xorijiy tillar va kasb-hunar egallashning ahamiyati;
 Vatanparvarlik, kitobxonlik hamda odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo‘yicha muhim tushunchalar berildi.
Samimiy muloqot va qiziqarli savol-javoblar tarzida o‘tgan darslar yoshlarimizga yangi haftada ulkan kuch-g‘ayrat bag‘ishladi.
 Bilim sari intilayotgan barcha o‘quvchilarimizga yangi haftada muvaffaqiyatlar tilaymiz!