Ertalabki saflanish: O‘quvchilar uchun umumiy yig‘ilish (ritual) bo‘lib o‘tdi!
Bugun Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida yangi kun Davlat madhiyamiz sadolari ostida o‘quvchilarning ertalabki umumiy saflanishi va yig‘ilishi bilan boshlandi.
Yig‘ilish davomida litsey rahbariyati va mas’ullar tomonidan:
O‘quvchilarning darslarga o‘z vaqtida kelishi, davomat va ichki tartib-intizom;
Belgilangan kiyinish madaniyati (forma) va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish;
Kunlik va haftalik o‘quv jarayonidagi muhim vazifalar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Bunday ertalabki yig‘ilishlar yoshlarda mas’uliyat, intizom va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash bilan birga, butun kunga yuqori kayfiyat bag‘ishlaydi.
Barcha o‘quvchilarimizga sermahsul va muvaffaqiyatli kun tilaymiz!