Iqtidorli yoshlar bellashuvi: Akademik litseyimizda matematika fani bo‘yicha fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi!
Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarning aniq fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning mantiqiy fikrlash salohiyatini yuzaga chiqarish hamda iqtidorli yoshlarni saralash maqsadida 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha fan olimpiadasi o‘tkazildi.
Murosasiz va qizg‘in kechgan bilimlar bellashuvida o‘quvchilar murakkab mantiqiy masalalar, mantiqiy jumboqlar hamda olimpiada darajasidagi topshiriqlarni yechish bo‘yicha o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.
Olimpiada yakunida eng yuqori ball to‘plagan va mantiqan tezkor fikrlagan zukkolar saralanib, кейинги bosqichlarga yo‘llanma oldilar.
 Ilm-fan yo‘lida yuqori marralarni zabt etayotgan barcha iqtidorli yoshlarimizga zafarlar tilaymiz!