"Payshanba — yoshlar kuni": "Yo‘l qoidasi — umr foydasi" mavzusida profilaktik suhbat bo‘lib o‘tdi!
Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida "Payshanba — yoshlar kuni" doirasida o‘quvchi-yoshlarning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha savodxonligini oshirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (DAN) xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
"Yo‘l qoidasi — umr foydasi" shiori ostida o‘tgan samimiy va ochiq muloqot davomida soha mut
axassislari yoshlarga:
Yo‘l harakati qoidalariga (piyodalar va yo‘lovchilar uchun) qat’iy rioya qilish;
Yo‘ldan o‘tishda quloqchin (naushnik) taqmaslik va telefonga chalg‘imaslik;
Voyaga yetmaganlarning ruxsatsiz avtotransport vositalarini boshqarishi oqibatlari haqida hayotiy misollar orqali tushunchalar berdilar.