Kitobxonlik tadbiri
And DTI akademik litseyi o‘quvchilari hamda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari birgalikda " Kitobxonlik kechasi" tadbiri tashkil etdilar. Ushbu tadbir o‘zbekning buyuk darg‘alaridan biri, xalq sevgan yozuvchi Abdulla Qahhor ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib, ijodkor bosib o‘tgan yo‘llar hamda uning sermazmun asarlari tahlil etildi
Ustozlar Abdulla Qahhorning mashhur "Bemor"," O‘g‘ri", "Anor" hikoyalari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdilar. Tadbir so‘ngida yozuvchi qalamiga mansub "Dahshat" hikoyasi asosida ishlangan videofilm namoyish etildi